
The Financial Times nashrida ishlagan britaniyalik jurnalist Pol MakKlin Shri-Lankada timsoh o‘ljasiga aylandi. Bu haqda «New York Post»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Oksford universitetining 25 yoshli bitiruvchisi do‘stlari bilan ta’tilda edi. U qo‘lini yuvish uchun yaqin atrofdagi ko‘l tomon uzoqlashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MakKlin qo‘llarini suvga tushirganda timsoh uni tutib olgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular qo‘l-oyoqlarini silkitayotgan erkakni sudralib yuruvchi suv ostiga tortib ketganligini ko‘rgan.
Jurnalist syorfingchilar orasida mashhur plyaj yaqinidagi Elefant-Rok ko‘lida g‘oyib bo‘lgan. Qutqaruvchilar britaniyalikning jasadini qidirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar