Rasmiy Kiyev Donetsk oblasti hududida Rossiyada ishlab chiqarilgan «Orlan-10» uchuvchisiz uchish qurilmasi qulab tushgani haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri. Donbassdan topilgan dron fotosi Aksilterror operatsiyasi matbuot markazining Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan.
ATO shtabida xabar qilinishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari dronni urib tushirishga ulgurmagan, texnik nosozlik tufayli qurilmaning o‘zi qulab tushgan. Ukrainaliklarning aytishicha, Rossiyada ishlab chiqilgan bu qurilma Rossiya Ukrainaga qarshi urushda qatnashayotganini anglatadi.
Shtab e’lon qilgan fotodagi yozuvlar rus tilida.
Ukraina harbiylari «Orlan-10» Donbassda razvedka va artilleriya zarbasini to‘g‘ri yo‘naltirish uchun qo‘llanishini ta’kidlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi