10:33 / 18.09.2017
5 971

Nikki Heyli Shimoliy Koreyaning yo‘q qilib yuborilishi bilan tahdid qildi

Никки Ҳейли Шимолий Кореянинг йўқ қилиб юборилиши билан таҳдид қилди
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli CNN telekanali efirida Shimoliy Koreyaning yo‘q qilib yuborilishi bilan tahdid qildi, deb yozadi Kun nashri.

“Agar Shimoliy Koreya o‘zini aqlsiz tutishni davom ettirsa, AQSh o‘zini va ittifoqdoshlarini himoya qilishiga to‘g‘ri keladi va Shimoliy Koreya yo‘q qilinadi. Buni barchamiz bilamiz, buni hech kim istamayapti, hech kim urushni xohlamayapti”, deb aytgan Heyli.

Heylining aytishicha, AQSh o‘zini mas’uliyatli tutmoqda va Shimoliy Koreya ham o‘zini shunday tutishi kerak.

“Biz o‘zimizda mavjud bo‘lgan barcha diplomatik imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmoqdamiz. Ayni vaqtga kelib biz Xavfsizlik kengashida barcha imkoniyatlarni ko‘rib bo‘ldik”, deb qo‘shimcha qilgan Heyli.

Heylining ta’kidlashicha, agar Shimoliy Koreya bu ogohlantirishlarga quloq tutmasa, unda javob choralari bilan AQSh mudofaa vaziri shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikki Heyli Shimoliy Koreyaning yo‘q qilib yuborilishi bilan tahdid qildi