22:02 / 18.09.2017
6 895

Amerikalik bashoratchi Amerika hamda Yaponiya 21- asrda tanazzulga yuz tutishini bashorat qilgan…

Amerikalik bashoratchi Amerika hamda Yaponiya 21- asrda tanazzulga yuz tutishini bashorat qilgan…
Uning ismi Jo Brandt bo‘lib, bashoratchi sifatida yigirmanchi asrning birinchi yarmida shuhrat qozongan. Amerika va Yaponiyaga oid bashoratini esa 1937 yili yozib qoldirgan. Yozuvlarda aytiladiki, yigirma birinchi asrda Yaponiya va Amerika Qo‘shma shtatlari tabiiy ofatlar tufayli halokatga uchraydi. Vayrongarchilik, talofat shu qadar kuchli bo‘ladiki, bu mamlakatlarda yashovchi aholi o‘nlab yillar zulmat, qashshoqlik va ochlik girdobida yashaydi.

— Quloq pardalarim, — deb yozgandi bashoratchi Jo Brandt o‘shanda. — Kunchiqar mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishiga o‘xshash ofat shovqini tufayli yorilib ketgandek bo‘ldi. Qarasam, binolar yoppasiga qulayapti, ularning parchalari osmonda xuddi qog‘oz kabi ucha boshladi. Zilzila to‘xtagach, bu davlatni suv toshqinlari o‘z qa’riga oldi…

Oradan bir necha yil o‘tib xuddi shu ofat men tug‘ilib o‘sgan Amerikaga ham yetib keldi. Men Los-Anjeles, Gollivud shaharlari go‘yo o‘yinchoq kabi qulab yer bilan bitta bo‘lganiga, San-Fransiskodagi binolar tomi pastga, yerto‘lasi osmonga qarab ag‘darilganiga guvoh bo‘ldim. Serra-Nevada, San-Andreas, Garlok tog‘lari kutilmaganda bir nuqtaga jamlandi-yu, keyin o‘zidan quyuq tutun taratdi va keyin qumga aylanib chor tarafga sochilib ketdi…

To‘g‘ri, bashoratchi yuqoridagi bashoratlarini qog‘ozga tushirib, keng ommaga ma’lum qilganda, amerikaliklar e’tibor ham berib qo‘yishmagan. Chunki ularning ikki xayoli mamlakatdagi moliyaviy inqirozni qanday bartaraf etish bilan band edi. Qolaversa, bashoratlarni eshitgan har bir amerikalik kutilajak ofatlarning unga taalluqli joyi yo‘qligini ruhiyatiga singdirgan. Shu narsa bashoratga ishonish uchun izn bermagan. Nadomatlar bo‘lsinki, 1937 yili qog‘ozga tushirilgan tabiiy ofat Amerikani deyarli bir oydan beri girdobiga olgancha qo‘yib yubormayapti. Yaponiyaga esa Shimoliy Koreyaning yadro hujumi har soniyada soya solib turibdi. Kim bilsin?!. Nima bo‘lganda ham tabiat Ollohning hukmida. Yaratganning xohishi faqat uning o‘ziga ayon! Ishqilib bizning yurtimizni bunday ofatlardan xudoning o‘zi asrasin!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik bashoratchi Amerika hamda Yaponiya 21- asrda tanazzulga yuz tutishini bashorat qilgan…