AQShning Afg‘onistondagi kontingenti 3 mingdan ko‘proq harbiyga oshiriladi va ularning umumiy soni 14 ming kishidan oshadi. Buni 18 sentyabrda Pentagon vakili Maykl Endryus tasdiqlagan.
OAVda AQSh kontingenti 3,5 ming harbiyga oshirilishi haqida ma’lumot berilgandi.
“Biz ular qayerga jo‘natilishlarini aytmaymiz, chunki dushman rejalarimizdan xabardor bo‘lishini istamaymiz”, deb aytgan Endryus.
Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon boshlig‘i Jeyms Mettisga kontingent miqdorini 4 ming kishi atrofida o‘zi ma’qul ko‘rgancha oshirish huquqini bergandi.
Bundan tashqari, Tramp avgustda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasini e’lon qilgandi. U strategiyaning harbiy tomonlari haqida gapirishni istamagan, biroq Afg‘onistondan qo‘shinlar tez olib chiqilmasligiga ishora qilgan.
Pentagon avgustda AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni 11 ming kishidan iboratligini ma’lum qilgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!