AQShdagi eng yirik o‘yinchoq do‘konlari tarmog‘i bo‘lgan Toys 'R' Us sudga qarzni qayta tuzish uchun ixtiyoriy ravishda bankrotlik to‘g‘risida ariza yubordi. Bu jarayon kompaniyaning AQSh va Kanadadagi bo‘linmalariga tegishli bo‘ladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, do‘konlarning o‘zi «daromad keltirmoqda» hamda ishni davom ettiradi. Toys 'R' Us bosh direktori Deyv Brendonning ishontirishicha, do‘konlar 2017 yilgi bayram mavsumiga tayyor.
Toys 'R' Us qarzdorligi 5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qarzning katta qismi 2005 yilda kompaniya aksiyalari qayta sotib olinganidan so‘ng paydo bo‘lgan.
Kompaniya qarzning bir qismini yopish uchun turli sarmoyadorlar bilan 3 milliard dollar ajratish haqida kelishib oldi. Kelishuv sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Toys 'R' Us tarmog‘i 1948 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda butun dunyo bo‘ylab taxminan 1600 ta do‘konga ega. 2016 yilda kompaniya savdolari 11,5 milliard dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!