Rossiyalik olimlar Erga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yangi asteroidni aniqladi

Rossiyalik astrofizik Vladimir Lipunov robotlashtirilgan teleskoplar tarmog‘i yordamida hajmi avval aniqlangan Apofis asteroididan katta, Erga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yangi asteroidni aniqladi, Bu haqida «TASS»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
2014 U116 deb nomlangan asteroid Erga qay darajada xavfli ekanligi hozircha ma’lum emas. Diametri taxminan 370 metr bo‘lgan asteroid er bilan to‘qnashsa, portlash Chelyabinsk asteroidi to‘qnashuvinikidan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.
«Roskosmos» xabariga ko‘ra, Chelyabinsk meteoritidan keyin osmonni avtomatik ravishda kuzatib turadigan tizimlarga bo‘lgan qiziqish oshib ketgan. Jumladan, 2013 yilda Erga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan uchta asteroid aniqlangan.
Foto: NASA “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing