
Sibirdagi Taymir yarim orolida joylashgan bir qishloqda 6 yoshli bolakayga ayiq hamla qilgan. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, voqea Krasnoyar o‘lkasidagi Xeta qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Do‘stlari va ukalari bilan o‘yin o‘ynayotgan 6 yoshli bolakayga ayiq hamla qilgan. Natijada bolakay og‘ir jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Mahalliy aholi vakillari tomonidan ayiq topilganligi va o‘ldirganligi ma’lum qilingan.
Rossiyaning o‘rmonli hududlarida keyingi yillarda oziqa topishga qiynalayotgan ayiqlar qishloqlar atrofidan yegulik izlashni boshlagan. Buning natijasida mahalliy aholi ayiqlar hujumiga tez-tez uchrab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar