Meksika prezidenti Enrike Penya Neto chorshanba kuni sentyabr oyidagi ikki zilziladan keyingi vayronlarni qayta tiklash ishlariga taxminan 37,5 milliard peso (2 milliard dollardan ziyod) kerak bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina Chyapas va Oaxaka shtatlarining o‘ziga 6,5 milliard peso (358,5 million dollar) ajratiladi, qolgan shtatlar, shu jumladan Mexikoga esa 10 milliard peso (551,5 million dollar) yo‘naltiriladi.
"Biz madaniy meros infratuzilmasiga yetgan ziyon ko‘lamini tushunib turibmiz, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu taxminan 8 milliard peso, ehtimol, yakuniy raqamlar kamroq bo‘lar, ammo mingdan ziyod zarar ko‘rgan ibodatxonalar madaniyat vazirligiga vaziyatni shunday baholash imkonini berdi", - dedi Penya Neto Mexiko gubernatorlari bilan uchrashuvda.
Prezident yana 123 milliard peso (717 million dollar) ta’lim muassasalariga yetgan zararni qoplash uchun yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
19 sentyabr kuni Meksikada 7,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Mamlakat janubidagi kuchli yer silkinishlari Mexikogacha yetib bordi va o‘nlab uylarni vayron qildi. Keyinroq yana ikki takroriy yer silkinishi (5,8 va 6,1 magnitudali) haqida ma’lum qilindi. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 337 kishi halok bo‘ldi. 7 sentyabr kuni ham kuchli zilzila ro‘y berib, unda 70ga yaqin kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"