09:03 / 30.09.2017
7 675

Germaniyada fashistlar hokimiyatga qaytmoqda

Germaniyada fashistlar hokimiyatga qaytmoqda
Yakshanba kuni Germaniya Federativ Respublikasida parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Bu safargi saylov amaldagi hukmron partiya Xristian-demokratlar ittifoqi g‘alabasi bilan tugashi kutilayotgan bo‘lsada, Angela Merkel rahbarlik qilayotgan partiya uchun jiddiy sinov va yo‘qotishlarga boy bo‘ldi.

Guardian​ nashri xabariga ko‘ra, xristian-demokratlar va ularga ittifoqchi Xristian-sotsialistik ittifoq jami 33 foiz ovoz to‘plab, ketma-ket to‘rtinchi muddat Bundestagda eng ko‘p o‘ringa ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Taqqoslash uchun, 2013 yilgi saylovda Angela Merkel tarafdorlari 41,5 foiz ovozni qo‘lga kiritishga muvafaq bo‘lgan edi.

Angela Merkel qatorasiga to‘rtinchi muddatga Germaniya kansleri lavozimini egallashi kutilmoqda. Merkel partiyasiga ittifoqchi partiya bo‘lgan Xristian-sotsialistik ittifoq va Sotsial-demokratik partiya bilan birga koalitsion hukumat tuzadi. Ikkinchi o‘rindagi Sotsial-demokratlar partiyasi ham bu safargi saylovda yo‘qotishga uchrab, 20,4 foizlik natijani qayd etgan.

Mazkur sayovdagi eng katta sensatsiya AFD partiyasining Bundestagda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bo‘ldi. So‘rovnomalar AFDning 13 foiz ovozni qo‘lga kiritishini ko‘rsatgan. 2013 yilda tashkil topgan partiya dasturi millatchilik g‘oyalariga asoslangan. Bugungi kunda AFD partiyasi Gitlerning fashistik g‘oyalari davomchisi sifatida ko‘rilmoqda.

Islomofobik qarashlari bilan tanilgan AFD a’zolari Angela Merkelning muhojirlar borasida «ochiq eshiklar» siyosatiga keskin norozilik izhor qilib kelishayotgan edi. Partiya asoschisi Berndt Lukke 2015 yilda iste’foga chiqar ekan, AFD partiyasi islomofob va ksenofobga aylanganidan xavotir bildirgan edi. AFDning natijasi Germaniyaning ikkinchi jahon urushidan keyingi tarixida ilk bor millatchilik g‘oyalariga asoslangan partiyaning parlamentda o‘rin olishiga sabab bo‘ladi.

Endilikda AFD a’zolari Bundestagda 88 ta o‘rinni band qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu nemis neo-natsistlari uchun ulkan g‘alaba hisoblanadi. Taqqoslash uchun, partiya 2013 yilgi saylovda 4,7 foiz ovoz to‘plagan va Bundestagdan o‘rin olishga muvaffaq bo‘lmagan edi. AFDning muvaffaqiyati Germaniyaning o‘zida va butun dunyoda xavotirlarga sabab bo‘ldi. Kechaning o‘zida Berlinda natsizmga qarshi yirik namoyish bo‘lib o‘tgan.

AFD rahbarlaridan Aleksandr Goland saylov natijasiga munosabat bildirar ekan, Merkelning muhojirlar siyosatiga chek qo‘yishga va’da bergan. “Bugun partiyasmiz tarixida ulug‘ kun. Biz ilk marotaba Bundestagga kiryapmiz. Bu mamlakatni o‘zgartiramiz”, – deb aytgan neo-natsistlar yetakchisi.

Manba: sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada fashistlar hokimiyatga qaytmoqda