AQSh prezidenti Donald Tramp 1 oktyabrdan boshlab 45 ming muhojirni qabul qilish kvotalarini tasdiqladi. Kvotalar hududlar bo‘yicha taqsimlanadi, biroq davlat departamenti zarur hollarda qo‘llanilmagan kvotalarni bir hududdan boshqasiga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Kvotalar Afrika mamlakatlaridan 19 ming, Sharqiy Osiyodan 5 ming, Yevropa va Markaziy Osiyodan 2 ming nafargacha muhojirni AQShga kirib kelishiga ruxsat beradi. Shuningdek, hujjat Lotin Amerikasi hamda Karib havzasi mamlakatlaridan 1,5 ming muhojirni, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodan 17,5 ming muhojirni qabul qilishni hisobga olgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘p marotaba noqonuniy muhojirlar muammosini hal etish — ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidlagan. Uning tashabbuslari orasida — Meksika chegarasi bo‘ylab devor qurish va’dasi hamda Green Card lotereyasini bekor qilish kabi taklif ham mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"