Aleppoda joylashdan dunyodagi eng katta usti yopiq «Al-Madina» tarixiy bozori o‘z ishini qayta boshladi. Hozircha faqatgina 20 ta rasta ishga tushgan, ammo tarixiy meros ob’ektini qayta tiklash rejalari o‘n yilga mo‘ljallangan. Bu haqda o‘z rastalari va ustaxonalariga qaytib kelgan savdogarlarga asoslanib, «Hordiq.uz» xabar berdi.
«Aleppoda qolgan yagona gilam to‘quvchi — menman. Bu yerni terrorchilar egallaganida dastgohlarimni uyimga yashirib qo‘ygandim, nihoyat endi hammasi joyida. Hamma ortga qaytmoqda, mana 20 ta rasta ochildi», — dedi gilam to‘quvchi ustaxona egasi Amar Ruvaz.
Aleppoda hukumat qo‘shinlari va terrorchi guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik to‘rt yil davom etdi. 2012 yilda jangarilar Suriyaning iqtisodiy poytaxti sanalmish Aleppoga o‘z hujumlarini boshlagan edi, biroq hududning 40 foizdan ortig‘ini egallay olmagan. Front chizig‘i Al-Madina bozori bilan Eski shaharning yana bir diqqatga sazovor joyi — Aleppo qal’asi o‘rtasidan o‘tgan edi. Ko‘plab savdo rastalari minomyotlar va yong‘inlar oqibatida vayron qilingan.
«Men 50 yil shu yerda ishladim va hech qayerga ketish niyatim yo‘q. Hozircha binolarning besh foizinigina qayta tiklashga muvaffaq bo‘lindi, biroq o‘n yillik ish rejasi ishlab chiqilgan», — deydi hunarmand Muhammad Xabaj.
Daryo.uz ning ma’lumot berishicha, «Al-Madina» dunyodagi usti yopiq eng katta tarixiy bozor hisoblanadi. Savdo va hunarmandlar rastalarining umumiy uzunligi 13 kilometrga teng. «Al-Madina» tarkibida bir nechta mayda bozorlar bo‘lib, ularning aksariyati 14-asrda qurilgan. 30 yil muqaddam «Al-Madina» bozori Aleppodagi Eski shahar tarkibida «YuNESKO»ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"