BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid Al-Maktum arab dunyosi uchun Arabic E-Learning Project bepul ta’lim dasturining ishga tushgani haqida e’lon qildi. Arabian Business shu haqida xabar berdi.
Translation Challenge tashabbusi — dasturning bir qismiga aylandi. Bu matematika va tabiiy fanlarga bog‘liq 11 million so‘zning arab tiliga tarjimasi, 5 ming video va boshqa ta’lim materialidir.
Dubay barcha istovchilarni ularni arab tiliga tarjima qilishda ishtirok etishga chaqirdi. Tarjimadan keyin barcha materiallar 50 million arab o‘quvchisi uchun bepul onlayn namoyish etiladi.
Dastur yaratuvchilari barcha materiallarning bir yil davomida tayyorlanib, tarjima qilinishiga umid qilishmoqda.
Dubay hukmdorining so‘zlariga ko‘ra, tashabbusdan maqsad — o‘quvchilarga arab tilida matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha yuqori standartlarga javob beruvchi akademik materiallar taqdim etish va arab dunyosidagi ta’lim sifatini yaxshilash, millionlab o‘quvchilarning ta’lim olishiga imkon yaratish.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"