23:03 / 03.10.2017
9 949

Braziliyalik erkak tirik zombini uchratdi… mi?…

Braziliyalik erkak tirik zombini uchratdi… mi?…
Kuni kecha Braziliyaning San-Paulu shahrida yashovchi erkak shaxsiy mashinasiga yaqin keldi-yu, qo‘rquvdan tosh qotdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, mashina kapotiga suyangancha ayol qiyofasidagi tirik zombi turardi. U o‘zidan xunuk va beo‘xshov tovushlar chiqarar, nigohlari xuddi murdalarnikidek sovuq, qo‘l-oyoqlarini ham kinolardagi zombilar kabi beo‘xshov qimirlatardi. Erkak sira o‘ylab o‘tirmay, darhol politsiyaga xabar berdi. Zum o‘tmay politsiyachilar yetib kelishdi-yu, ular ham hayratdan qotib qolishdi. Haqiqatan, qarshilarida ayol qiyofasidagi rosmana zombi turardi. Hayratlanishlariga qaramay, ular zombining qo‘llariga kishan urib mahkamaga olib borishdi.

Hozircha sud-tibbiy ekspertiza, mutaxassislar zombi ayolni tekshiruvlardan o‘tkazishmoqda. Politsiyachilar yaqin kunlarda uning haqiqatan zombi yoki bunday emasligi ma’lum bo‘lishini aytishdi.

Erkak esa bu voqeani jurnalistlarga dahshat aralash so‘zlab berdi.

— Biz kinolarda zombini ko‘p ko‘rganmiz, — dedi u. — Lekin bugun rostakamini uchrataman deb sira o‘ylamagandim. Mana, hozir turibman-u, uyga ketishga qo‘rqyapman. Uyga kirsam-u, xonamda yana bir zombi turgan bo‘lsa nima qilaman?..

Politsiya vakillari erkakni uyiga olib borib, u bilan bir necha soat birga o‘tirishdi. Harqalay, boshqa zombi ko‘zga tashlanmadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyalik erkak tirik zombini uchratdi… mi?…