
Xitoyning Guychjou provinsiyasida erkak mehmonxona to‘lovlaridan qochishga urindi. U telefon simi bo‘ylab qarama-qarshi tomondagi binoga o‘tmoqchi bo‘ldi. «China Daily» ushbu videoni voqea joyidan uzatgani haqida Kun.uz xabar beradi.
Kadrlarda erkakning qochishga urinib 19-qavat balandligidagi telefon simida muvozanatni yo‘qotib, osilib qolganini ko‘rish mumkin. Uning yaqinida yuqori voltli elektr uzatish liniyalari bo‘lgan.
Oxir-oqibat uni o‘t o‘chiruvchilar qutqarib olishdi, shundan keyin politsiya xodimlari uni idoraga olib ketishdi. Erkakning mehmonxonaga qancha qarz bo‘lgani haqida ma’lum qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar