Turkmaniston Markaziy banki turkman banklari tomonidan berilgan konversion kartalardan boshqa davlatlardagi bankomatlardan naqd pul yechish hajmini pasaytirdi. 27 sentyabrdan e’tiboran xorijda sayohat qilayotgan turkmanistonliklar o‘zlarining VISA xalqaro kartalaridan kuniga 100$ yoki shunga monand mahalliy valyuta yechib olishlari mumkin. Ilgari kunlik limit 250 dollarni tashkil etayotgan edi, deb yozadi habartm.org.
Kuzatuvchilar buni valyutaning o‘ta taqchilligi va hukumatning mamlakatdagi yangi hodisa bo‘lmish «dollar turizmi» — fuqarolar o‘z manatlarini davlat kursida konvertsiya qilib, xorijga chiqib uni bankomatlarda naqdlashtirishga qarshi kurashayotgani bilan bog‘lashmoqda. Turkmanistonga qaytgach, ular naqd dollarni «qora bozor»da bank kursidan ikki barobar qimmatroqqa ayriboshlashadi.
Ilgariroq Turkmaniston hukumati tadbirkorlar uchun vaalyuta konvertatsiya borasida bir qator cheklovlar ham joriy etgan edi. Bugungi kunda banklar xorijiy yetkazib beruvchi bilan shartnoma summasining maksimum 2 foizigacha bo‘lgan qismini konvertatsiya qilib bermoqda. Shartnomalarning ko‘pchiligida banklarning tomonidan umumiy summaning 1–1,4 foizi konvertatsiya qilinmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi