8 297
Shunday xalqlar borki, ularda xiyonat jinoyat emas, balki majburiyat va faxr hisoblanadi…
Dunyoning qay burchagiga bormang, er-xotin orasidagi xiyonat kechirilmas gunoh, ayb, jinoyat sifatida qabul qilinishiga guvoh bo‘lasiz. Eri xiyonatga qo‘l urgan xotin, yoki xotinini o‘zga bilan tutib olgan erning ahvoliga bir razm soling-a. Ular go‘yo yirtqich bir mahluqqa aylanishadi. Ularni hech bir kuch to‘xtata olmaydi.
Ammo dunyoda shunday xalqlar bor ekanki, ular uchun xiyonat kundalik ehtiyoj. Bu narsani o‘zlari qidirishadi. Xiyonatsiz o‘z oilalarini to‘laligicha tasavvur eta olishmaydi. Shunday bo‘lgandan keyin, shubhasiz, xiyonat tufayli oilada janjal emas, balki haqiqiy bayram hukm sura boshlaydi…
ShIMOLNING MAYDA XALQLARI…
Rossiyaning shimoliy hududlari, Alyaskada evenk, eskimos, yoqut, olovut xalqlari umrguzaronlik qiladi. Ularni yo‘qolib borayotgan mayda millatlar desa ham to‘g‘riroq bo‘lardi. Afsuski, bu xalqlarning vakillari faqat qarindoshlar bilan turmush quradi. Tog‘asi, xolasi, xolavachchasi, jiyani, ammasining qizi, amakisining o‘g‘li.. Ishqilib, bu xalqlar hech qachon tashqaridan kelin olmaydi, tashqariga qiz bermaydi. Xo‘sh, natijasi-chi? Natija ma’lum. Ulardan paydo bo‘ladigan avlod kasalmand holatda dunyoga keladi. Ana shuning oqibatida bu mayda millatlar yo‘qolish pallasida turibdi. Ular millat yo‘qolib ketmasligi uchun, sog‘lom farzandni voyaga yetkazish niyatida «qonunlashtirilgan» xiyonat uyushtirishadi. Masalan, er olisdan kelgan mehmon erkakka bir kecha, kerak bo‘lsa, ikki-uch kecha xotinini qo‘shib qo‘yadi. Maqsad boya aytilganidek, sog‘lom farzandga ega bo‘lish. Mehmondan xotini homilador bo‘lsa, ko‘zi yorigach, ota bu farzandni ko‘z qorachig‘idek asrab, har jihatdan to‘kis bo‘lishi uchun jon olib jon beradi.
«XOTINIM BUGUN SIZNIKI… YO‘Q DEMANG, XAFA BO‘LAMAN-A!..»
Avstraliyada shunday qabila borki, u arunt qabilasi deb ataladi va bu qabilada mavjud bir odat butun mamlakatga ma’lum va mashhur. Ya’ni, arunt qabilasi erkagi uyiga olisdan mehmon kelsa, unga kechasi xotini bilan tunashni taklif etadi. Bu taklifni rad etish aslo mumkin emas. Chunki, bu birinchidan qabiladagi an’analardan biri, ikkinchidan, mehmon taklifini rad etsa, uy egasi qattiq xafa bo‘ladi.
«BEGONA ERKAK NIGOHI XUDONING INOYaTIDIR…»
Tibetda ham shunday hududlar borki, u yerda ham er-xotinning bir-biriga nisbatan xiyonati oddiy holat sifatida qabul qilinadi. Agar xotiniga begona erkak ko‘z tashlasa, er juda mamnun bo‘ladi. Buni xudoning bitmas-tuganmas inoyati deb hisoblydi. Azbaroyi og‘zi qulog‘iga yetgan er xotinini darhol o‘sha ko‘z tashlagan begona erkakning ixtiyoriga topshiradi. Shu yo‘l bilan tug‘ilgan haromi bolani esa juda o‘zgacha mehr bilan voyaga yetkazadi.
Xulosa qilib aytganda, Tibetdagi xuddi o‘sha hududlarda ayol kishi faqat erning mulki hisoblanmaydi. U uyga tashrif buyuradigan mehmonlarga ham har taraflama xizmat qilishi, kerak bo‘lsa, ko‘z urishtirish, turli muqomlar va hazillar bilan mehmon erkakni o‘ziga qaratish, natijada u bilan jinsiy munosabatga kirishishi majburiyat deb qabul qilingan.
Qanday dahshat! Iloyim, bizlarni shunday balolardan asrasin! Qizlarimiz, ayollarimizning nomusi, hayosiga, er-xotinlar o‘rtasidagi cheksiz sadoqat va muhabbatga ko‘z tegmasin! Hayvoniy hayotdan Ollohning o‘zi bizlarni panohida saqlasin!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi