15:20 / 10.10.2017
10 905

Xitoy osmonida ulkan olovli shar paydo bo‘ldi (video)

Xitoy osmonida ulkan olovli shar paydo bo‘ldi (video)
Xitoyda kuz faslining o‘rtasida nishonlanadigan bayram bu yil alohida esda qolarli bo‘ldi: minglab tomoshabinlar osmondan tushayotgan ulkan olovli sharning guvohiga aylandi. Bu haqda «National Geographic»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

4 oktyabr kuni «Kuzning o‘rtasi» bayramini nishonlayotgan Yunnan provinsiyasining aholisi hamda mehmonlari to‘lin Oyni suratga olishga harakat qilishdi. Shu sabab ulkan meteoritning paydo bo‘lgani e’tibordan chetda qolmadi: videoda bir necha soniya davom etgan yorqin nurni ko‘rish mumkin.

Yil davomida Yerga 4 milliardga yaqin asteroiddan kichikroq, biroq sayyoralararo kukundan yirikroq osmon jismlari qulaydi. Yer atmosferasiga katta tezlikda (11—72 kilometr/soniya) kirib kelib, o‘zining ortidan yonish davomida hosil bo‘lgan yorqin izni qoldirgan jism — meteor deyiladi, agar uning bir qismi Yerga kelib tushsa — meteorit bo‘ladi. Xitoydagi bayramda yerga qulagan jism — bolid hisoblanadi: ularning yorqinligi 4 metrdan kam bo‘lmaydi.

NASA’ning ma’lumotlariga ko‘ra, olovli sharning tezligi 14,6 kilometr/soniyani tashkil etgan, atmosferani yorib o‘tishda paydo bo‘lgan energiyasi esa 540 tonna trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan.

O‘zining yorqinligiga qaramay, bu Xitoy tarixida kuzatilgan eng katta bolid emas. Rekord 2009 yilda 2,3 ming tonna trotil ekvivalentiga ega meteor yerga qulaganida o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy osmonida ulkan olovli shar paydo bo‘ldi (video)