18:00 / 11.10.2017
5 398

Turkman yetakchisi neftgaz sohasiga milliardlab mablag‘ kiritishni va’da qildi

Turkman yetakchisi neftgaz sohasiga milliardlab mablag‘ kiritishni va’da qildi
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya talabining kamayishi va jahonda narxlarning tushib ketishidan zarar ko‘rayotgan mamlakat neftgaz tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘n milliard dollarlab mablag‘ ajratishga va’da berdi.

«Yaqin yetti yilda biz 240 milliard manat sarmoya kiritamiz. Neftegaz majmuasiga 159 milliard manat investitsiya yotqizamiz», — dedi Berdimuhamedov. U bu haqda 9 oktyabr kuni Oqsoqollar Kengashi majlisida bayonot berdi.

Tabiiy gaz zahirasi bo‘yicha jahonda to‘rtinchi o‘rinda turuvchi Turkmaniston 2016 yilda Rossiya turkman gazini sotib olishni to‘htatganidan so‘ng energoresurslarni yetkazib berish borasida Xitoyga bog‘liq bo‘lib qoldi. Berdimuhamedov shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini uglevodorodlarga tobeligidan ozod qilish maqsadida Turkmanistan tez orada elektrokarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini ta’kidladi. Berdimuhamedov bayonot berib subsidiyalarini to‘htatish yo‘li orqali davlat daromadlarini ko‘paytirish niyatini e’lon qildi. Ma’lumki davlat subsidiyalari uning o‘tmishdoshi Saparmurat Niyozov davrida kiritilgan edi.

Berdimuhamedov “davlat mablag‘larini samarali, tejamli va ehtiyotkorlik bilan sarflaydigan vaqt yetib kelgani” haqida bayonot berdi. 1990-yillarda sobiq sovet respublikasida joriy qilingan subsidiya natijasida aholining bepul gaz, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanishiga imkoniyat yaratib berilgan edi.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkman yetakchisi neftgaz sohasiga milliardlab mablag‘ kiritishni va’da qildi