Shimoliy koreyalik xakerlar tomonidan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi va maxsus xizmatiga oid bo‘lgan ma’lumotlar o‘g‘irlangan. O‘g‘irlangan ma’lumotlar ichida shimoliy koreyaliklar yetakchisi Kim Chen Inga qarshi AQSh va Janubiy Koreya tomonidan ishlab chiqilgan suiqasd rejasi ham borligi ma’lum qilindi.
Ushbu vaziyat yuzasidan Janubiy Koreya tomoni amaldagi hukmron partiyaning deputati Re Chol Xe orqali bayonot berdi.
“Mudofaa vazirligi va maxsus xizmatlardan 235 gigabaytga teng ma’lumotlar o‘g‘irlangan. Bu ma’lumotlarning 80 % qanaqa ma’lumot ekanligi aniq emas”, deb ta’kidlagan deputat Re Chol Xe.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berganicha yo‘q.
Shimoliy Koreya tomonidan amalga oshirilgan yadro qurollari sinovi natijasida bugunga kelib Koreya yarim orolida keskin vaziyat yuzaga kelgan.
Bu holatga AQSh tomonining aralashish esa ziddiyatlarni yanada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. AQSh hukumati Shimoliy Koreya masalasini dunyo uchun eng katta xavf sifatida ko‘rib, unga nisbatan bir chora, ya’ni urush yo‘li orqali vaziyatga yechim topilishini aytmoqda.
Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy qurollanish dasturi milliy himoya maqsadida ekanligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi