
Kosta-rikalik baliqchilar katta korifena balig‘i oshqozonida o‘nlab kichik toshbaqalarni aniqlashdi.
Ushbu holat tasvirlangan videoda bir yigit katta o‘lchamli baliqning qornini yorayotgani va undan dengiz toshbaqalarini chiqarib olayotganini ko‘rish mumkin. Erkak baliq oshqozonidan birin-ketin 32 ta toshbaqani chiqarib oladi.
Ko‘rinishicha, baliq qarmoqqa ilinishdan oldin toshbaqalar bilan "tushlik" qilib olgan. Baxtga qarshi, toshbaqalarning barchasi o‘lik holda bo‘lgan. Yigit oxirida buni o‘ziga xos imo-ishora bilan ko‘rsatadi.
Katta korifenaning uzunligi 1,5 metrgacha yetadi va u asosan baliq, qisqichbaqalar va kalmarlar bilan oziqalanadi. Bu baliq dunyodagi eng tez suzuvchi baliqlardan biri hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar