
O’tgan hafta Kembrij gertsoginyasi uchinchi bor homilador ekanligi ma’lum qilinganidan keyin ilk marta ko’chaga chiqqan. Keytning omma qarshisida paydo bo’lishi ko’pchilikni hayratlantirdi, sababi barcha manbaalar uning og’ir toksikoz holatidan aziyat chekayotganini ma’lum qilgandi.
Aftidan homiladorlik davrining shirin azoblari ortda qolgan. "16 oktyabr kuni gertsoginya turmush o’rtog’i shahzoda Uilyam va uning ukasi Garri bilan birga hayriya marosimida ishtirok etdi" deb xabar bermoqda "spletnik.ru" sayti/
Tantanaga olib kelingan Paddington ayiqchasi yig’ilganlarga xursandchilik bag’ishladi. Ayiqcha gertsoginyaga shunchalar yoqdiki, qirollik oilasining mashhur vakilasi ayiqchaning raqs tushish taklifini rad etolmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar