11:10 / 17.10.2017
17 539

Yer yuzining eng keksa kishisi kim?..

Yer yuzining eng keksa kishisi kim?..
Rasmiy hujjatlarda yer yuzidagi eng uzoq yashagan inson sifatida xitoylik Li Sin’yunning nomi tilga olinadi. U oz emas, ko‘p emas, 256 yil umr ko‘rgan. Li boboning hayotligida 24 nafar xotini bor edi. Shularning 23 nafarini o‘z qo‘li bilan boqiy dunyoga kuzatgan.

Xotinlaridan jami 180 nafar farzand ko‘rgan.
Li bobo 1677 yili Xitoyda tavallud topgan. 10 yoshida Xitoy bo‘ylab yolg‘iz sayohat qilishni boshlagan. Uzoq vaqt Tibetda yashagan. Keyinchalik boshqa mamlakatlarga sayohat qilib giyohlar va ularning organizmga ta’sirini chuqur o‘rgangan.

71 yoshida harbiy jang san’atidan yoshlarga ta’lim berishni boshlagan. Hayoti davomida u nafas olish texnikasini chuqur o‘zlashtirgan holda giyohlardan tayyorlangan ichimliklar ichgan. Ba’zi ma’lumotlarda aytiladiki, nafas olish va chiqarish texnikasini 130 yoshida to‘liq o‘zlashtirishga erishgan. Bu san’atni esa tarki dunyo qilib, tog‘larda yashagan 500 yoshli qariyadan o‘rgangan ekan.
Arxivda Li boboning bo‘yi ikki metrdan ziyod bo‘lgani, 256 yoshida 60 yoshli qariya ko‘rinishida ekani alohida ta’kidlangan. Uni 150, 200 yoshida shaxsan Xitoy hukumat rahbarlari tabriklab, otkritkalar, esdalik sovg‘alari hadya etishgan.

Odamlar shuncha ko‘p umr ko‘rishining sir-asrorini so‘rashganda, Li bobo shunday javob qilgan:
— Uzoq umr ko‘rish aslida xudodan beriladi. Biroq bandalar ham harakat qilishi lozim. Shunday ekan, uzoq yashashni istasangiz, yuragingizda hech qachon bezovtalik ko‘zga tashlanmasin, doimo xuddi toshbaqadek o‘tiring, kabutardek sergaklikka ega bo‘ling va itdek uxlang…

Li bobo o‘lishiga 6 yil qolganda qadrdon qishlog‘iga qaytgan va jon berish arafasida shunday degan ekan:
— Men hayotimda nimani rejalashtirgan, niyat qilgan bo‘lsam, barchasi amalga oshdi. Endi xotirjamlik va yorug‘ yuz bilan abadiy yashar uyimga qaytaman. Alvido, odamlar!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yer yuzining eng keksa kishisi kim?..