07:56 / 23.10.2017
5 349

Yaponiyada "Lan" to‘foni tufayli ko‘plab odamlar jarohat oldi

Японияда "Лан" тўфони туфайли кўплаб одамлар жароҳат олди
Yaponiyaga yopirilgan "Lan" to‘foni tufayli bir kishi halok bo‘ldi, 86 kishi jarohat oldi. 23 oktyabrda NHK yapon telekanalining ma’lum qilishicha, Fukuoka shahrida yashovchi 63 yoshli erkak ustiga shamol qo‘porib yuborgan qurilish havozalari ag‘darilib tushishi oqibatida halok bo‘lgan.

Shuningdek, mamlakatning turli hududlarida shamol qo‘porib yuborgan turli buyumlar, reklama shitlari, daraxt shoxlari ag‘darilishidan ko‘plab odamlar jarohat olgan. Vakayama prefekturasida uyi ko‘chki bilan vayron qilingan 82 yoshli erkak yo‘qolib qolgan. Kuchli shamol va yomg‘ir tufayli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi to‘xtatilgan, bir necha o‘nlab aviareyslar qoldirilgan.

Ayni vaqtda to‘fon Tokio hududidan o‘tib, Xonsyu orolining shimoliy qismiga qarab yo‘nalmoqda. U o‘z kuchini yo‘qotmoqda, biroq shamol kuchayganda uning tezligi soniyasiga 45 metrgacha yetmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada "Lan" to‘foni tufayli ko‘plab odamlar jarohat oldi