
Politsiya Vashingtondagi Kapitoliya binosiga jurnalistlar qatorida kirib olgan va Trampga qarata Rossiya bayroqlarini uloqtirgan aktivistni qo’lga oldi, deb xabar beradi “Ria.ru” sayti. Ushbu holat yuzasidan teshkirish ishlari olib bormoqda.
Hodisa seshanba kuni sodir bo’lgan. Erkak bayroqlarni otib bo’lgach, “Tramp – sotqin!” deb qichqirgan. Prezident ushbu hodisaga nisbatan javob bermagan, politsiya xodimlari esa uni darrov qo’lga olishgan.
Xabarda aytilishicha, bu erkakning ismi Rayan Kleyton bo’lib, u “Amerikaliklar harakatda!” guruhi vakilidir. Iyul oyidagi kongressda aynan Rayan Kleyton prezidentning kuyovi va maslatahchisi Jared Kushnerga qarab Rossiya bayroqlarini uloqtirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar