12:02 / 25.10.2017
4 817

Tramp tomon yana Rossiya bayroqchalari uloqtirildi (Video)

Tramp tomon yana Rossiya bayroqchalari uloqtirildi (Video)
AQSh prezidenti Donald Tramp Kapitoliy tepaligidagi kongress binosiga respublikachi senatorlar bilan uchrashuvga kelganda u bilan ko‘ngilxiralik yuz berdi, deb yozadi Kun nashri.

Tramp respublikachilarning senatdagi yetakchisi Mitch Makkonell bilan tushlik qilinadigan xonaga ketayotganda jurnalistlar orasida bo‘lgan erkak u tomon bir quchoq Rossiya bayroqchalarini uloqtirib, "Tramp – xiyonatchi!" deb baqirgan va "Siz nima uchun xiyonat haqida gapirmay, soliq haqida gapirasiz?", deb qo‘shimcha qilgan.

Tramp bunga hech qanday munosabat bildirmay o‘tib ketgan, politsiya esa turli shiorlarni hayqirishni davom ettiravergan erkakni darhol voqea joyidan olib ketgan.

CBS telekanalining ma’lum qilishicha, norozilik bildirgan erkakning ismi Rayan Kleyton bo‘lib, u "Amerikaliklar harakat qiladi" nomli guruhni bildiradi. Iyul oyida u kongressda Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner tomon ham Rossiya bayroqchalarini uloqtirgan.

Avvalroq Tramp bilan yuqoridagiga o‘xshash holat uning ommaviy chiqishlaridan biri vaqtida yuz bergan. O‘shanda Trampga qarshi chiqayotganlar uning nutqi vaqtida zalda Rossiya bayroqchalarini uloqtira boshlashgan, biroq bu tadbirning o‘tkazilishiga xalaqit qila olmagan.

Tramp saylovlarda g‘olib bo‘lish uchun "Rossiya bilan til biriktirganlikda" ayblanib kelinadi. Trampning o‘zi buni inkor qiladi. Kremlda ham bu ayblovlar safsataligi aytiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp tomon yana Rossiya bayroqchalari uloqtirildi (Video)