9 717
500 milliard dollarlik megashahar: Saudiya Arabistoni Dubay bilan raqobatga kirishmoqchi
Saudiya Arabistoni Qizil dengiz bo‘yida NEOM nomli yangi shahar qurilishini e’lon qildi. 26 500 kvadrat km maydonni egallaydigan ulkan shahar Nyu-Yorkdan 33 barobar katta bo‘ladi. NEOM Saudiyaning Misr va Iordaniya bilan chegarasi yaqinida qad rostlaydi. Hozir hali qurilmagan shahar uchun veb-sayt va Tvitterda yangi sahifa ham ochilgan.
NEOM energetika, suv, biotexnologiya, oziq-ovqat, yuqori texnologiyalar sanoatiga ixtisoslashgan bo‘lishi va ko‘ngilochar-dam olish xizmatlarini ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Shahar to‘laligicha qayta tiklanadigan energiya (quyosh va shamol energiyasi) bilan ta’minlanadi. Loyihaga ko‘ra, shaharni to‘liq qurib bitkazish uchun 500 milliard dollar kerak bo‘ladi. Qurilish uchun Saudiya Qirolligining eng katta jamg‘armasi, mahalliy va xorij investorlari sarmoyalari sarflanishi kutilmoqda.
“NEOM dunyoning eng muhim iqtisodiy tomirlaridan birida joylashgan. Xalqaro savdoning qariyb o‘n foizi shu hudud orqali o‘tadi. Uning strategik joylashuvi hududni Osiyo, Yevropa va Afrikani bog‘lab, dunyo aholisining 70 foizi sakkiz soatdan kamroq fursatda yetib bora oladigan global markaz sifatida jadal rivojlanishiga imkon beradi”, deyiladi loyihada.
NEOM shahri mustaqil iqtisodiy hudud sifatida mintaqada BAAning Dubay shahriga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Ammo yangi megashahar Dubayni orqada qoldirishi oson kechmaydi. “Agar u dunyoning markazi bo‘lishga da’vo qiladigan bo‘lsa, Dubaydan ko‘ra afzalroq bo‘lgan biror yangi narsani taklif qila olishi kerak. Bu esa mushkul vazifa. Mintaqada Dubay tajribasidan ko‘r-ko‘rona foydalanishga urinishlar yaxshi natija bermagan”, – deydi London Iqtisod maktabi tadqiqotchisi, saudiyashunos Steffen Hertog. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”