07:09 / 27.10.2017
6 720

Yapon politsiyasi uy va do‘konlarni o‘margan 74 yoshli «ninza»ni qo‘lga oldi

Yapon politsiyasi uy va do‘konlarni o‘margan 74 yoshli «ninza»ni qo‘lga oldi
Yapon politsiyasi sakkiz yil davomida uy va do‘konlarni o‘margan o‘g‘ri qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu yillar davomida u qora niqobi va epchilligi tufayli «Ninza Heyseya» laqabini olgan. Qo‘lga olingan «ninza» 74 yoshda. Bu haqda «TJournal»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

O‘g‘ri Osaka shahrida yashovchi Minsuyaki Tanigava bo‘lib chiqdi. U elektron jihozlar do‘konini o‘marganlikda ayblanmoqda. Politsiya «ninza»ning 250 ta jinoyatga aloqadorligi ta’kidlamoqda, bu vaqtda u 260 ming dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘g‘irlagan. Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, tez orada unga qo‘shimcha ayblar e’lon qilinishi mumkin. Minsuyaki allaqachon aybini tan olgan.

«Ninza» birinchi o‘g‘rilikni 2009 yilda boshlagan. U qora niqobli kiyim kiygan va uylarga, do‘konlarga kirgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, u katta kuch va epchillika ega ekanligini ko‘rsatgan: huquq-tartibot idoralaridan qochish vaqtida u devorlar bo‘ylab yugurgan. Shundan so‘ng u kiyimini almashtirib, olomon ichida g‘oyib bo‘lgan.

Politsiya Tanigavaning iziga 2017 yilning bahorida tushgan. O‘shanda ko‘chadagi kuzatuv kameralari «ninza»ni o‘g‘rilikdan so‘ng niqobsiz holatda suratga olgan. Qo‘lga tushganidan so‘ng, «Agar yosh bo‘lganimda, hech qachon tuta olishmagan bo‘lardi», — deya ta’kidlagan «ninza».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yapon politsiyasi uy va do‘konlarni o‘margan 74 yoshli «ninza»ni qo‘lga oldi