19:56 / 27.10.2017
5 351

Fransiya IShID jangarilariga nafaqa to‘laganlikda ayblandi

Fransiya IShID jangarilariga nafaqa to‘laganlikda ayblandi
IShID tarkibiga qo‘shilish maqsadida mamlakatni tark etgan 100 dan ortiq fransiyaliklar Suriya va Iroq hududida ham ijtimoiy nafaqa olishda davom etgan. Bu haqda «The Telegraph»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar aynan shunday xulosaga kelishga sabab bo‘ldi.

Huquq-tartibot organlarining aniqlashicha, 2012—2016 yillarda jangarilar ijtimoiy nafaqa sifatida noqonuniy ravishda ikki million yevrodan ortiq mablag‘ni qabul qilgan.

O‘tgan yili IShID terrorchilariga noqonuniy nafaqa to‘lash bilan bog‘liq 420 ta holat qayd etilgan.

Qayd etilishicha, ijtimoiy ta’minot markazlariga jangarilarning qarindoshlari murojaat qilib, ularning nomidan ijtimoiy nafaqa olib kelgan.

Olingan pul mablag‘lari vositachilar orqali Turkiyaga jo‘natilgan. Tekshiruvlar natijasida 210 nafar turkiyalik va livanlik, shuningdek 190 nafar fransiyalik vositachilarning shaxsi aniqlangan.

Moddiy ta’minotning bu turi o‘tgan yili ijtimoiy ta’minot markazlariga Fransiyani tark etgan fuqarolar ro‘yxati taqdim etilgach to‘xtatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya IShID jangarilariga nafaqa to‘laganlikda ayblandi