
Rossiyalik jurnalist Yekaterina Gordon 2018 yili mamlakat prezidentligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovlarda da’vogar sifatida ishtirok etishini ma’lum qildi, deb yozadi Hordiq.uz sayti.
— Men Yekaterina Gordon, — dedi u. — 37 yoshdaman. O‘z fuqarolik huquqlarimdan foydalangan holda kelasi yili bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etaman. Yana shuni alohida ta’kidlaymanki, amaldagi prezident ma’muriyati bilan kelishmay nomzodini ilgari surgan yagona shaxs hisoblanaman…
Yekaterina o‘z dasturida ayollar va bolalar haq-huquqlariga alohida e’tibor qaratishini aytib o‘tdi. Bunga qadar shu masalaga yana bir nomzod Kseniya Sobchak ham to‘xtalib o‘tgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar