16:58 / 04.11.2017
12 728

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak birga yashab kelgan qizni yoqib yubordi (video)

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak birga yashab kelgan qizni yoqib yubordi (video)
Rossiyaning Kemerovo viloyatida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi dugonasiga benzin sepib, yoqib yuborgani uchun 12 yil koloniyaga mahkum etildi. Bu haqda «UzNews» xabar bermoqda.

Nurali Sharifboyev Kemerovo viloyatida ikki yildan buyon Olga Gabova bilan birga yashib kelayotgan edi. O‘tgan yil dekabrida juftlik o‘rtasida janjal kelib chiqdi, buning oqibatida sudlanuvchi kuchli yong‘in keltirib chiqardi. Nurali derazaning tashqarisidan turib uy va qiz ustiga benzin quydi va yoqib yubordi. Baqir-chaqirni eshitgan qo‘shnilar yonayotgan qizni qutqarib qoldi. Olga og‘ir jarohat olishidan tashqari, xonadonga ham jiddiy zarar yetdi.

Voqeadan so‘ng yigit voqea joyidan qochib ketdi, lekin o‘sha kuniyoq huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. U aybini tan olmadi va tergovga ko‘mak bermadi.

Qo‘shnilar Nurali Sharifboyevga ijobiy tavsif berdi. Ularning aytishicha, qiz yigitni shu ahvolga olib kelgan.
Olga Gabova, o‘z navbatida, u Nuralidan atir sotib olib berishni so‘ragani tufayli yigitning g‘azabi qo‘zigan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik erkak birga yashab kelgan qizni yoqib yubordi (video)