Hindistonning shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida hukumat armiyasi va xavfsizlik xizmatlari tomonidan 80 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
«Janubiy Kashmir hududida terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan guruhlarga qarshi amalga oshirilgan xatti-harakatlar oqibatida kamida 80 nafar terrorchi, jumladan, ularning yetakchilari ham yo‘q qilindi» — dedi hukumat armiyasi general-mayori Birendra Raju.
«Biroq bu hali terrorchilarga qarshi kurash yakunlandi, degani emas. Sababi shtatda 115 ga yaqin radikallar, xususan, 99 nafar mahalliy va 15—16 nafar chet elliklar faol harakatda», — deydi u so‘zlarini davom ettirib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, notinch hududdagi vaziyat terrorchilar sonining kamayishi bilan yaxshilanadi.
General-mayor armiya va boshqa harbiy tizimlar shtat aholisi tinch yashashi uchun jangarilarga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi