
3 yoshli Safiya Bisalieva Seul shahrida bo’lib o’tgan Luxury Brand Model Awards Kids yosh modellar halqaro tanlovida g’olib bo’ldi. Bu haqida tanlov tashkilotchilari Instagram ijtimoiy tarmog’i orqali xabar berishgan.
Xabar berilishicha, tanlovda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan 60 nafar model qatnashgan. G’olibalikni qo’lga kiritgan Safiya esa tashkilotchilardan ko’plab qimmatbaho sovg’alar, 1000 AQSH dollari qiymatidagi toj, 15 ta mamlakat bilan ishlash imkoniyatini beruvchi Kids Planet Management modellar uyi shartnomasini qo’lga kiritgan.
Shuningdek, qizaloq Vyetnam, Tailand va Milandagi moda haftaliklariga rasmiy ravishda taklif qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar