
Xabarda keltirilishicha, Germaniyada istiqomat qiluvchi 81 yoshli erkak politsiyada qo’ng’iroq qilib, tahlikali ovoz bilan bog’ida o’ta xavfli predmet borligini ma’lum qiladi.
Qariya oddiygina sukkini sabzavotini Ikkinchi chahon urushi davrlaridan qolib ketgan snaryad deb o’ylagan. Politsiya xodimlari esa sabzavot haqiqatan ham snaryadga o’xshashishini aytib o’tishdi.
Qariyaning adashganligini ma’lum bo’lgach, ushbu sukkini qanday qilib bog’ga kelib qolgani haqidagi savol barchani o’ylantirdi. Sababi qariya bog’da ushbu sabzavot turidan yetishtirmaydi. Tahminlarga ko’ra, biror odam qariyani qo’rqitish uchun uni atayin bog’ga tashlab qo’ygan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar