AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralarini «o‘ta samarali» hisobladi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
«Si Szinpin bilan uchrashuvlarim o‘ta samarali bo‘ldi. Jumladan, savdo va Shimoliy Koreya mavzusi yuzasidan», — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Shuningdek, Tramp Pekin bilan savdo aylanmasida Vashingtonda katta tanqislik yuzaga kelishida javobgarlikni Xitoyga emas, AQShning avvalgi ma’muriyatlariga yukladi.
«Xitoyni ayblamayman. Hamma ayb Xitoyga AQSh bilan savdoda o‘tib ketish va Qo‘shma Shtatlar milliardlab dollar yo‘qotishiga sabab bo‘lgan oldingi ma’muriyatlar noqobilligida. Nima bilan shug‘ullanayotgani haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan shaxslarni ortda qoldirgani uchun Xitoyni qanday ayblash mumkin? Men ham ularning o‘rnida bo‘lganimda xuddi shunday yo‘l tutgan bo‘lardim!» — ta’kidladi AQSh prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi