Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschilaridan biri va sobiq prezidenti Shon Parker ijtimoiy tarmoq odamdan iloji boricha ko‘proq e’tibor va bo‘sh vaqtni olish uchun yaratilganini aytdi. U shu sababli ijtimoiy tarmoqlar rivojiga hissa qo‘shganidan afsus qilishini ta’kidlab o‘tgan.
“Layklar, suratlar va xabarlarga izohlar dofaminning kichik miqdorda ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bu esa yangi layklar va izohlar deb sizni ko‘proq kontent yaratishga majbur qiladi – bu yopiq halqaga o‘xshaydi”, deb aytgan Parker Axios portaliga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, dasturchilar “inson pisoxologiyasidagi nozik joyni” ilg‘ashga muvaffaq bo‘lishgan, biroq shunga qaramay to‘xtashni istashmagan.
“Bu insonning jamiyat, boshqa insonlarga munosabatini o‘zgartiradi. Bu qandaydir antiqa yo‘l bilan unumdorlikka ham ta’sir qilishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar farzandlarimiz ongi bilan nimalar qilishi yolg‘iz tangrining o‘ziga ayondir”, deb qo‘shimcha qilgan Parker.
Shunga qaramay, Parker Facebook’da sahifaga ega. “Agar Mark men aytgan gaplardan xabar topsa, ehtimol, mening akkauntimni to‘sib qo‘yadi. Men bu platformalardan foydalanaman va shunchaki ularga mendan foydalanishga yo‘l qo‘ymayman”, deb hazillashgan Parker.
Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 2004 yilda Mark Sukerberg, Eduardo Saverin, Dastin Moskovits va Kris Xyuz tomondan asos solingan. Napster asoschisi Shon Parker kompaniyaning birinchi prezidenti bo‘lgan, biroq uni 2005 yilda tark etgan. Hozirda kompaniyani Sukerberg boshqaradi hamda kompaniyaning ijrochi direktori va direktorlar kengashi raisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi