08:40 / 13.11.2017
7 465

Ingliz maktablaridan birida "bolalarni chiniqtirish usuli" tanqidga uchradi

Инглиз мактабларидан бирида "болаларни чиниқтириш усули" танқидга учради
Angliyaning Ipsvich shahridagi boshlang‘ich maktablardan birining rahbariyati bolalarni ko‘chada hattoki kuchli yomg‘ir vaqtida o‘ynashga majbur qilishi ba’zi ota-onalarning tanqidiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Gap Paradigm Trust maktabida joriy qilingan chiniqtirish o‘yinlari haqida ketmoqda. Maktab direktori Ben Karterning aytishicha, yomg‘ir ostidagi o‘yinlar bolalarni rivojlantirishda normal hisoblanadi. Biroq hamma ota-onalar ham uning bu fikriga qo‘shilishmagan.

“Bu jirkanchdir. Ularni jala vaqtida sayr qilishga majbur qilishgan. Men itimni ham bunday ob-havoda ko‘chaga chiqarmayman. Ular butun kun jiqqa bo‘kkan va sovqotgan holda bo‘lishgan”, deb aytgan bolalardan birining onasi.

Yana bir ona Facebook’da bolalarni mayda yomg‘ir vaqtida sayr qildirishlariga qarshimasligini, biroq jala vaqtida bolalarni ko‘chaga chiqarishganda “ota-onalar g‘azablanishlarini” yozgan.

Maktab direktori ota-onalardan hammani ham maktabdagi qoidalar o‘zgarganidan ogohlantirmagani uchungina uzr so‘ragan. U barcha ota-onalarni farzandlarini maktabga “kuzgi ob-havoga mos holdagi poyabzal va kurtkalarda yuborishga” chaqirgan.

“Avvalgi avlodlarga nisbatan hozirgi bolalar ko‘p vaqtlarini ekranlarga tikilgancha, uylaridan chiqmagan holda o‘tkazadilar. Ulardan ko‘pchiligi uncha-bunchaga o‘zlarini urintirmaydilar”, deb aytgan maktab direktori va kelgusida “yomon ob-havo sharoitida” bolalarga xonalarda o‘ynashga imkoniyat berilishiga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ingliz maktablaridan birida "bolalarni chiniqtirish usuli" tanqidga uchradi