
Texas politsiyasi qandolat do’konini o’marib ketgan 3 nafar o’g’rini izlamoqda, deydi xorijiy nashrlar.
Binodagi kuzatuv kamerasiga tushirilgan kadrlarda yuzlari yopilgan 3 nafar odam do’konga kirgani va jinoyat paytida binoda yana ikkita odam bo’lgani aks etgan.
O’g’rilardan ikkitasi qo’llarida qurol ushlagancha kassadagi pullarni o’margan, bittasi esa do’kondagi ikki odam politsiyaga qo’ng’iroq qila olmasligi uchun qo’l telefonlarini olib qo’ygan va ular bilan nimadir deb suhbatlashgan.
Shundan so’ng “bag’rikeng” o’g’ri rastadagi shirinliklardan olib jinoyat guvohlariga ulashgan va o’z ishini yakuniga yetkazgan ikki sherigi bilan binoni tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 