
Sankt-Peterburg politsiyasi shaharda fohishabozlik bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar ayolni qo‘lga oldi. Ular orasida bir nafari o‘zbekistonlik bo‘lib, uning yoshi 73 da ekanligi xabar qilinmoqda.
Yengil tabiatli ayollar Sankt-Peterburgning Ivanovskiy ko‘chasidagi xonadonda yashashgan.
Shirin ismli 73 yoshli o‘zbekistonlik ayoldan tashqari yana bir 35 yoshli Feruza ismli ayol ham fohishabozlik bilan shug‘ullangani aniqlandi.
73 yoshli Shirin ismli ayol o‘z “xizmati” uchun 1200 rubl, ya’ni taxminan 160–170 ming so‘m olgan. Qo‘lga olingan 3 ayolga nisbatan ma’muriy ish ochildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar