
Mitti bolakaylar ota-onalar uchun to’yib uxlashni orzuga aylantirib qo’yishlari bor gap. Barcha ota-onalar qatorida shahzoda Uilyam ham oxirgi paytlarda juda qattiq charchayotganligini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, shahzoda Kardiffdagi Uels va Avstraliya mamlakatlari orasidagi regbi bo’yicha musobaqa mehmoniga aylangan va aynan shu yerda o’zining uyqusiz tunlari haqida gapirib bergan.
“Bolalarning dastidan uxlab qolmaslik uchun ko’zlarimga gugurt cho’pi tirab olishim kerak” deya hazil qildi shahzoda.
Ha, ikki shumtakani bir vaqtda katta qilish oson ish emas. Ammo uyqusiz tunlarning haqiqiysi hali oldinda: Aprel oyida gertsog uchinchi bor ota bo’ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar