
Gretsiyaning Mandra, Nea-Peramos va Megara shaharlarida bo’lib o’tgan suv toshqinlari 14 kishini dunyodan olib ketdi, deb yozadi xorijiy saytlar.
Mamlakat premyer-ministri Aleksis Sipras vafot etganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, ularga davlat ko’magi taqdim etilishini aytdi.
“Bu butun Gretsiya uchun og’ir damlardir. Biz buyuk talofotni boshdan kechirayapmiz. Men vafot etganlarning oila a’zolariga o’z ta’ziyamni izxor etaman” deydi u o’z so’zida.
Suv toshqini haddan ortiq ko’p yoqqan yomg’ir natijasida paydo bo’lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar