
Karl Smit Janubiy Uelsda 1947 yili 12 yoshida suvga cho’kib vafot etgan. Shundan buyon uning qabri poyiga noma’lum kimsa gul tashlab ketadi. Uning kimligini aniqlash uchun esa Karlning singlisiga salkam 70 yil vaqt kerak bo’ldi.
Guldastalarni keltiruvchi inson Karlning bolalikdagi do’sti, cho’kib ketgan paytida uning yonida bo’lgan tengdoshi Ronald Seymur Uestboro bo’lib chiqdi. 84 yoshli Ronald o’z vaqtida Karl bilan juda qalin do’st bo’lgan. Karlni suv ichidan olib chiqqan ham aynan Ronald edi, deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar