Uilbert Jons ismli amerikalik fuqaro nohaq ayblanib, 46 yil qamoqda umr o‘tkazganidan so‘ng ozod etildi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.
Uilbert Jons 1971 yilda Baton-Ruj shahrida hamshirani o‘g‘irlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda 19 yoshda bo‘lgan Uilbert Jons shifoxonaning avtoturargohida hamshiraga pichoq bilan tahdid qilgan. Keyin binoning ichiga kirib, jinsiy zo‘ravonlik qilgan.
1974 yilda u sud qilingan va umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.
Uilbert Jonsni sud qilish uchun jabrlanuvchi ayolning ko‘rsatmasi dalil qilib olindi. Ayol bir necha fotosuratlar ichidan Jonsning suratini aybdor kishi deb ko‘rsatgan.
Uilbert Jonsning himoyachilari jabrlanuvchi taqdim etgan ma’lumotlar boshqa erkakka tegishli ekanligini ta’kidlashgan. Ular bu voqeadan 27 kundan keyin jinsiy zo‘ravonlik uchun qo‘lga olingan erkakka xos ekanligini aytishgan.
Uilbert Jonsning advokatlari o‘z himoyasi ostida bo‘lgan mahbus qamoqda namunali xulqi bilan ajralib turganligini va keksa yoshda ekanligini ilgari surishdi. Shuningdek, 2008 yilda vafot etgan marhum hamshiraning turmush o‘rtog‘i ham uni ozod etilishiga qarshilik bildirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!