
Parijda sovuq havodan aziyat chekkan bir guruh uysiz insonlar Yelisey saroyidan unchalik uzoq bo’lmagan yerdagi sport zaliga kelib joylashishdi va yilning sovuq kunlari o’tib ketishini kutishga kirishdilar.
Shu tariqa, ular ma’lum ma’noda prezidentning qo’shnisiga aylanishdi.
Parij meri o’rinbosari Yan Brossat esa ularning yoniga tashrif buyurib, hokimiyat tegishli yordamni ko’rsatmaguncha ularni chiqarib yubormaslikning barcha choralarini ko’rishga va’da berdi, deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, iyul oyida Emmanuel Makron yil oxiriga qadar aholining har bir vakili uylik bo’lishi haqida bildirgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar