
Amerikalik Keyt MakKlyurning mashinasi shtatlar orasidagi avtomagistralda yoqilg’isiz qolib ketadi va unga Jonni Bobbit ismli uysiz odam o’z ko’magini taklif qilib, yaqin atrofdagi maxsus shahobchadan yoqilg’i olib kelib beradi.
Qizning aytishicha, o’sha paytda uning yonida Jonniga berish uchun puli bo’lmagan, ammo oradan biroz vaqt o’tib Jonniga pul, kiyim va ovqat olib kelgan. Uning bu hayrli ishlari yanada kattaroq ko’lamda davom etdi: qiz internet orqali Jonniga yordam berish maqsadida ikki hafta ichida 300 000 AQSh dollari to’pladi, deyiladi xabarda.
Endilikda Keyt Jonnining uy sotib olishi uchun pul yig’ib berishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar