
Britaniyalik 24 yoshli Chelsi Lav uhlab qolgan 1 haftalik o’g’li Leoni karavotchasiga solib qo’yish uchun qo’liga olib, uni o’pib erkalaydi va divanga o’tirib o’zi ham uhlab qoladi. Ayol turmush o’rtog’ining chinqirig’idan uyg’onib ketganda esa barchasi hal bo’lgandi: ko’karib ketgan bola bu yorug’ dunyo bilan hayrlashdi.
Bolakayning ota-onasi shifokorlarga qo’ng’iroq qilishadi va ular kichkintoy yuragini qaytadan jonlantirishga erishadilar. Ammo kompyuter tomografiyasi uning miyasi kislorod yetishmasligidan shikastlangani va endi hech qachon tuzalib ketmasligini ko’rsatgan. Qayg’uda qolgan ota-ona esa oxirgi qarorni qabul qilishgach, bolani hayot bilan bog’lab turgan barcha apparatlar uzilgan va kichkintoy oila a’zolari davrasida jon bergan, deyiladi xabarda.
O’tkazilgan tekshiruvlardan keyin ham Leoning aynan nima sababdan o’lganini aniqlab bo’lmadi. Endilikda bu savolning javobi butun umr sirligicha qolsa ham kerak!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar