Kanada fuqarosiga lotereyada 4 million dollar yutuq chiqdi

Kanada fuqarosiga lotereyada 4 million dollar yutuq chiqdi
Ontario provinsiyasining ismi hozircha noma’lum fuqarosi «49 dan 6» ommabop milliy lotereyasida 5 million Kanada dollari yutdi. Bu haqda «Kazinform»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Bu haqda 26 noyabr, yakshanba kuni Atlantic Lottery assotsiatsiyasi vakillari ma’lum qildi.

«Yutuq raqamlari — 16, 17, 21, 31, 39 va 49. Bonus raqami — 29», — aniqlik kiritadi tashkilotchilar. Baxtli chipta provinsiyaning aynan qaysi shahrida sotilgani hozircha noma’lum.

Bundan tashqari, Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining noma’lum fuqarosiga 1 million Kanada dollari (790 ming dollar) miqdoridagi «yupatuvchi mukofot» nasib qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar