
Xitoyning Shenchjen injenerlik kolleji talabasi yangi tug’ilgan chaqalog’ini deraza oynasidan pastga uloqtirdi. Bola jasadi o’ralgan choyshabni yotoqxona qorovuli topib olgan, deb yozadi “Life.ru”.
Qorovul darhol politsiyaga qo’ng’iroq qilib, bolaga yordam kerak ekanligini aytgan. Talabaning o’qituvchilari esa qiz biror marta darslarni qoldirmagani, tibbiy xizmatga murojaat qilmaganini aytishgan. Uning homilador ekanligini birov bilmagan ham – tabiatan semizroq bo’lgan qiz o’z holatini osonlikcha yashirgan.
Ayni paytda talaba qiz shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya esa bola aslida o’lik tug’ilgani yoki derazadan pastga tashlanganda jon bergani haqidagi savolga javob topish uchun tekshirish ishlarini olib bormoqda. Agar bola derazadan tushib, vafot etgani tasdiqlansa, qiz qotillik jinoyati uchun qonun oldida javobgarlikka tortiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar