
Qotilning aytishicha, kelin va kuyov qabila majlisi buyrug’iga ko’ra an’analarni oyoqosti qilib, yaqinlari roziligisiz turmush qurganliklari uchun o’ldirilgan.
Pokiston hokimiyati ushbu qotillik yuzasidan 10 kishini hibsga olgan,deyiladi xabarda. 24 yoshli Abdul Xadi va 19 yoshi Xasina Bibi o’sha zahotiyoq vafot etishgan.
Ayblanuvchilar orasida qotillik uchun yordam bergan kuyovning otasi, tog’alari, aka-ukalari va boshqa qarindoshlari ham bor. Yana 5 nafar ayblanuvchi: kelinning otasi, 3 ta akasi va 1 ukasi ayni paytda qidirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar