Checheniston hukumati kelin o‘g‘irlash odatini yo‘qotishga erishdi, shuningdek, respublikada erta nikohlarning oldini olmoqda. Bu haqda mintaqaviy ombudsmen Nurdi Nuxajiyev TASS’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ayni damda respublikada voyaga yetmagan qizlar va o‘smirlar erta nikoh qurayotgani yo‘q. Shuningdek, kelin o‘g‘irlash, qizlarni majburan olib ketish odatiga chek qo‘yildi. Buning ustiga bu Checheniston madaniyatiga xos emas. Ramzon Qodirov Checheniston jamiyati bilan Checheniston Respublikasida bu holatni deyarli butunlay yo‘q qilishning uddasidan chiqdi", - deya aytib o‘tdi ombudsmen.
Uning ta’kidlashicha, Chechenistonda ayollar huquqiga rioya etish birinchi o‘rinda turadi. "Bizda Onalar kuni, Checheniston ayoli kuni kabi bayramlar bor. Hozirda qizlar o‘zlari tanlagan kasbni erkin o‘rganish imkoniyatiga egalar. Agarda u o‘qigan, yaxshi mutaxassis bo‘lsa, ish ham topadi, hech kim unga bunda xalaqit qilmaydi", - deya aniqlik kiritdi Nuxajiyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi